Jarqo‘tonda bronza davriga oid yangi topilmalar aniqlandi

Date:

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Jarqo‘ton yodgorligida navbatdagi arxeologik tadqiqotlar boshlandi. Joriy yil sentyabr oyida boshlangan qazishmalardan maqsad bronza davri aholisining turmush tarzi, qurilish usullari va dafn an’analarini o‘rganishdan iborat.

Dastlabki tadqiqotlar yodgorlikning 4-sonli tepaligida, ibodatxonaning shimoliy qismida hamda 3-sonli qabristonning g‘arbiy hududida olib borilmoqda. Qazishmalar davomida qadimgi turar joylarning devor qoldiqlari, xom g‘ishtdan qurilgan inshootlar va diametri 70 santimetr bo‘lgan otashgoh aniqlangan.

Mutaxassislar fikricha, turar joy ichidan otashgohning topilishi ayrim xonadonlarda sig‘inish marosimlari uchun alohida joylar bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu topilma bronza davridagi turar joylar tuzilishi va diniy qarashlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

3-sonli qabristonning g‘arbiy qismidagi qabrlardan birida esa to‘rtta butun sopol idish topildi. Ularning shakli va tayyorlanish xususiyatlarini o‘rganish dafn marosimlari hamda qabrning davrini aniqlashtirishga yordam beradi.

Yodgorlikning asosiy hududidan tashqarida olib borilgan tekshiruvlarda yosh bola qabri, Sopolli madaniyatining Jarqo‘ton bosqichiga oid xo‘jalik o‘rasi va aylana shaklidagi ikkita kul o‘rasi ham qayd etildi. Bu topilmalar qadimgi manzilgoh hududi hozirgacha o‘rganilgan qismdan kengroq bo‘lganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun