Surxondaryoda 11,1 million tup ko‘chat ekiladi

Date:

Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga tayyorgarlik va belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘kalamzorlashtirish ko‘lamini kengaytirish va hududlarda ekologik muhitni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Kuzgi mavsumda viloyat bo‘ylab 11 million 187 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, 723 ta mahallada ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, 30 tadan mikroo‘rmon, soyali sayr ko‘chasi va jamoatchilik bog‘i tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 30 ta kompostlash va mulchalash maydonchasi barpo etish, 90 ta shox-shabba maydalash uskunasini xarid qilish, “Yashil lot” va “Mahallani yashillashtirish” tashabbuslarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hududlarda ekologik targ‘ibotni kuchaytirish uchun 75 ta banner va elektron tablo ham o‘rnatiladi.

Yig‘ilishda mas’ullarga ko‘chat ekiladigan maydonlarni tayyorlash, tuproq unumdorligini oshirish, handaqlar qazish va sug‘orish tizimlarini o‘rnatish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash topshirildi. Hududlarda “3–30–300” tamoyilini joriy etish vazifasi ham belgilandi. Tayyorgarlik ishlarini kechiktirayotgan tashkilot rahbarlari va tuman hokimlari qat’iy ogohlantirildi.

Shundan so‘ng, Angor tumanining Ilg‘or mahallasida kuzgi mavsumda ko‘chat ekish uchun ajratilgan 120 gektar maydondagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shox-shabba maydalash uskunasi ham namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun