Surxondaryodan Ermitajgacha

Date:

Surxondaryo zaminidan topilgan Ayritom frizi O‘zbekistonning qadimiy san’at merosidagi alohida ahamiyatga ega yodgorliklardan biridir. Olimlar uni milodiy I–II asrlarga mansub deb hisoblaydi.

Arxeolog M.E. Masson tomonidan 1932–1933-yillarda topilgan marmarsimon ohak qorishmasidan ishlangan friz bir vaqtlar Termiz yaqinidagi, Amudaryo bo‘yida joylashgan Ayritom shaharchasidagi budda ibodatxonasini bezab turgan. Unda besh musiqachi tasvirlangan bo‘lib, ushbu kompozitsiya qadimgi davr badiiy qarashlari va musiqiy an’analaridan darak beradi.

Tadqiqotchilar fikricha, frizda mahalliy Baqtriya san’ati bilan yunon va Gandxar madaniyatiga xos badiiy uslublar uyg‘unlashgan. Buddashunos S.F. Oldenburg esa kompozitsiyani budda ta’limotidagi “besh buyuk ovoz” — “pancha maxashabda” tushunchasi bilan bog‘lagan. Shu bois tasvirlangan musiqachilar “samoviy musiqachilar” nomi bilan ham talqin qilinadi.

Topilma aniqlanganidan bir necha yil o‘tib, O‘zbekiston SSR hukumati Ayritom frizini Ermitaj muzeyiga hadya qilgan. Bugun u qadimgi Baqtriya hududida turli madaniyatlar o‘zaro ta’sirini namoyon etuvchi tarixiy san’at namunasi sifatida e’tirof etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun