Talabalar uchun qulaylik

Date:

TDTU Termiz filialida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy maskanda talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev, filial direktori Otamurodov Furqat Abdukarimovich, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov, faxriylar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantana tadbirida yangi maskanning ahamiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi.

Yangi talabalar turar joyi — yoshlarning orzulari, ezgu niyatlari va kelajakdagi maqsadlari sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun