Muammoga yechim topildi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining Bog‘aro mahallasi, Sodatman ko‘chasida yashovchi 10 nafar fuqaroning yillar davomida hal etilmay kelgan kadastr masalasi ijobiy yechim topdi.

Fuqarolar tuman hokimi qabulida uy-joylarini kadastr hujjatlariga rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan edi. Murojaat nazoratga olinib, mas’ullardan iborat ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori asosida imtiyozli tartibda uy-joylar ajratilgan bo‘lsa-da, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi ochiq qolgan.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida hujjatlar rasmiylashtirildi. Tuman hokimi Farrux Xoliqov mahallaga tashrif buyurib, 10 ta xonadon egalariga kadastr hujjatlarini topshirdi.

Natijada fuqarolar uzoq vaqtdan beri kutgan hujjatlariga ega bo‘ldi. Bu murojaatlarni o‘rganish va ularni amaliy natija bilan hal etishning muhim namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun