Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Date:

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha doirasida Kayrittepa yodgorligida tadqiqotlar olib borilmoqda. Termiz davlat universiteti hamda Fransiyaning Archéorient – UMR 5133 laboratoriyasi hamkorligidagi loyiha doirasida 22-sentabrdan 15-oktyabrgacha arxeologik qazishmalar, muhofaza va konservatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

ALIPH va Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan tadqiqotlarda professor Shapulat Shaydullayev, Johanna Lhuillier, loyiha muvofiqlashtiruvchisi Ulug‘bek Shapulatov va konservatsiya mutaxassisi Chamsia Sadozaï ishtirok etmoqda. Jarayonlarga universitet doktorantlari, magistrantlari va talabalari ham jalb etilib, ular arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va saqlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirmoqda.

Loyiha natijalari Kayrittepaning ilmiy o‘rganilishi, asrab-avaylanishi va jamoatchilikka kengroq tanishtirilishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun