Ezgulik chellenji: mehr va ko‘mak manzillarga yetib bormoqda

Date:

Inson qadri, mehr-oqibat va ijtimoiy hamjihatlik — jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan. Shu ezgu tamoyil asosida Surxondaryo viloyatida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik chellenjiga start berildi.

Chellenjning ilk tadbirini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshlab berib, Termiz shahrining Amu sohili mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oiladan xabar oldi. Xonadon sohiblariga bayram sovg‘alari topshirilib, mavjud muammolar o‘rganildi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Jumladan, oila bekasining murakkab jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun vaucher berildi.

Ezgu tashabbus doirasida 150 nafar vohadoshga buyrak va jigar transplantatsiyasi xarajatlarini qoplash uchun vaucher, 600 nafar bemorga imtiyozli davolanish yo‘llanmalari taqdim etiladi. Shuningdek, ijtimoiy himoya reyestridagi oilalarning 1 ming nafarga yaqin farzandi maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlanadi, 1 200 nafar yoshning to‘lov-kontrakt xarajatlari qoplab beriladi.

Mazkur chellenjning ahamiyati shundaki, u bayram arafasidagi oddiy tadbir emas, balki inson dardini tinglash, muammosiga yechim topish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbusdir. Mehr va e’tibor manzilga yetib borgan sari jamiyatdagi o‘zaro ishonch va birdamlik ham mustahkamlanadi.

Ezgulik chellenji viloyatning barcha hududlarida davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun