Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

Date:

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab mehr-oqibat, muruvvat va saxovat tadbirlari keng quloch yoymoqda. Bugun elga naf keltirish, ehtiyojmand oilalarga yelkadosh boʻlish har birimizning insoniy burchimizga aylangan.
​Shu munosabat bilan, bayram shukuhi va yangi oʻquv yili oldidan Termiz shahridagi “Murchbobo” jome’ masjidi imom-xatibi boshchiligida xayriya tadbiri oʻtkazildi. Unda shahrimizdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan hamda kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga alohida eʼtibor koʻrsatildi.

​Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlarga yangi oʻquv yili uchun zarur boʻlgan sifatli maktab formalari, zamonaviy maktab sumkalari hamda oʻquv qurollari toʻplami tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi amaliy yordam va samimiy eʼtibor natijasida bolajonlarning qalbiga bayramona quvonch ulashildi.

​Ushbu muruvvat tadbiri Mustaqillik bayrami oldidan aholining kayfiyatini koʻtarish, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash hamda kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun