Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Date:

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim topshiriq berdi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi xabar berdi.Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Tursunzoda shahriga amaliy tashrifi doirasida mas’ullarga hududdagi o‘zbekzabon aholi uchun o‘zbek tilida ta’lim beradigan maktablar qurish va ularni ona tilidagi darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik doirasida Tursunzoda shahrida 24 ta ta’lim muassasasini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar ulardan umumiy sig‘imi 8 185 o‘rinli 19 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda o‘zbeklar aholining 13,8 foizini tashkil etib, mamlakatdagi eng yirik etnik ozchilik hisoblanadi. O‘zbekistonda esa 2022-yil holatiga ko‘ra, ta’lim tojik tilida olib boriladigan 250 ta maktab mavjud bo‘lib, shundan 55 tasida ta’lim to‘liq tojik tilida olib boriladi. Shuningdek, Samarqand, Termiz va Farg‘ona universitetlarida tojik tilida ta’lim beriladigan guruhlar faoliyat yuritadi.

Bu kabi imkoniyatlar mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, milliy tillarga hurmat va ta’lim sohasidagi o‘zaro bag‘rikenglik tamoyillarining amaliy ifodasi sifatida ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion ishlanmalarimiz jahon bozorida

Malayziyaning Selangor shtatida o‘tkazilayotgan MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida...

Termizda TISU Cambridge xalqaro maktabi ochildi

Termiz shahrida 480 o‘ringa mo‘ljallangan TISU Cambridge xalqaro maktabi...

Chavandozlarimizga teng keladigani yoʻq

Ixtisoslashgan va milliy sport turlarini xalqaro maydonda munosib targʻib...

Chegarachilar matonati sahnalashtirildi

Termiz shahridagi San’at saroyida viloyat drama teatri aktyorlari ishtirokida...
KunTun
KunTun