Surxondaryoda 70 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchisiga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi

Date:

Yangi o‘quv yili arafasida Surxondaryodagi 978 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinayotgan 70 335 nafar o‘quvchi uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmalari viloyatga yetib keldi.

Ayni paytda sovg‘a jamlanmalari Termiz shahri va tumanlardagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari orqali umumta’lim maktablariga yetkazilmoqda. Maktablarda ularni o‘quv yilining ilk kunida bolajonlarga tantanali tarzda topshirishga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.

“Prezident sov‘g‘asi” jamlanmasidan 12 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan:

– o‘quvchi sumkasi;

– 12 dona daftar;

– rasm daftari;

– akvarel bo‘yoqlari;

– rangli qog‘oz;

– qalamdon;

– sharikli ruchka;

– rangli qalamlar;

– 2 dona oddiy qalam;

– plastilin;

– yelim;

– 2 dona o‘chirg‘ich.

Mazkur sovg‘alar maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yadigan bolajonlar uchun yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga xizmat qiladi.

Yangi maktab, yangi bilimlar va “Prezident sovg‘asi” bilan minglab bolajonlar uchun unutilmas ilk qo‘ng‘iroq yaqin!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...
KunTun
KunTun