Kuch va mahorat sinovdan oʻtdi

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va irodasini mustahkamlashda “Besh tashabbus olimpiadasi” muhim o‘rin tutmoqda. Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirib, iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilmoqda.

Toshkent viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida workout sport turi bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar kuch, chidamlilik, jismoniy tayyorgarlik va texnik mahorat borasida o‘zaro bellashdi.

Murosasiz bahslar yakunida Toshkent viloyati jamoasi birinchi, Xorazm viloyati ikkinchi, Surxondaryo viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun