Uzumzor — daromad va bandlik manbayi

Date:

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan samarali foydalanish, serdaromad ekinlarni yetishtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik va mehnat uyg‘unlashgan xo‘jaliklar mahalla aholisi uchun ham daromad manbai yaratmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanining Navbahor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Navbahorlik Panji” fermer xo‘jaligi tomonidan 5 gektar yer maydonida uzumchilik yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda bog‘larda yetishtirilayotgan sifatli uzum hosili ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda.

Mazkur faoliyat fermer xo‘jaligiga daromad keltirish bilan birga, hudud iqtisodiyoti va eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, xo‘jalikda mahalladagi 20 nafar ishsiz fuqaro doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan.

Bunday tashabbuslar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda mahallalarda farovonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun