Zamonaviy bog‘cha faoliyat boshlash arafasida

Date:

Muzrabot tumanida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday muhim loyihalardan biri sifatida 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga to‘liq rekonstruksiya qilinib, 150 o‘rinli zamonaviy ta’lim maskaniga aylantirildi.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman IIB boshlig‘i G‘olib Badalov mas’ullar bilan birgalikda muassasada amalga oshirilgan qurilish va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish yakunida bog‘chani qisqa muddatda ishga tushirish, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ro‘yxatini shakllantirish hamda zarur mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur muassasaning ishga tushirilishi hududdagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, ularning zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda yosh avlodning barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun