Sevinch Xurramova Osiyo chempioni bo‘ldi

Date:

Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida surxondaryolik sportchi Sevinch Xurramova yuksak natijaga erishdi.

65 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik bokschi finalda Hindiston vakili Kajalni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba Sevinch Xurramovani Surxondaryo tarixida 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha ilk Osiyo chempioniga aylantirdi. Bu natija viloyatda ayollar sporti, xususan boks maktabining izchil rivojlanayotganini tasdiqlovchi muhim yutuq sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun