Rektorlikka maxsus tayyorgarlik orqali yo‘l ochiladi

Date:

Davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlarini saralash tizimida yangi bosqich joriy etildi. Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul qilish tartibini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Yangi nizomga ko‘ra, dastur ishtirokchilari ochiq tanlov asosida hujjatlar tahlili, test sinovi, psixologik baholash va suhbatdan iborat to‘rt bosqichli saralashdan o‘tadi. Nomzodlar kamida 30 yoshda bo‘lishi, magistr darajasiga, oliy ta’lim tizimida kamida besh yillik, shundan ikki yillik rahbarlik tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Mazkur tartib oliy ta’lim muassasalari rahbarlarini tanlashda shaffoflik, raqobat va boshqaruv salohiyatini ustuvor mezonga aylantirishga xizmat qiladi. Endilikda davlat OTMlari rektori lavozimiga faqat **”Rektorlar maktabi”**ni muvaffaqiyatli tamomlab, rektorlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlov o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun