Kutubxona ish boshlash arafasida

Date:

Uzun tumanida “Tashabbusli byudjet – 2025” loyihasi doirasida bunyod etilgan Surxondaryo viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining filial binosini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda binoni foydalanishga qabul qilish, uni zarur jihozlar va yangi adabiyotlar bilan ta’minlash, shuningdek, barcha toifadagi kitobxonlar uchun to‘siqlarsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Yangi bino hajman ixcham bo‘lsa-da, unda kitobxonlar va kutubxonachilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mazkur filial foydalanishga topshirilgach, respublikada ko‘zi ojiz kitobxonlar uchun yangidan qurilgan ilk maxsus filial kutubxonalaridan biri sifatida kutubxonachilik tizimida muhim o‘rin egallashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun