Yangi maskan — yangi imkoniyat

Date:

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani rivojlantiradi, balki aholi, ayniqsa yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi, tadbirkorlik va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Angor tumanida 24/7 faoliyat yuritadigan “Yoshlar sayilgohi”ni barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. Loyiha doirasida Navro‘z mahallasi hududidan o‘tuvchi 1,5 kilometr uzunlikdagi markaziy tashlama kollektori atrofi 13 ta lotga ajratilib, 580 xonadondan iborat 22 ta ko‘p qavatli uy hamda 140 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektini qurish rejalashtirilgan.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 680 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 5 ming nafargacha aholining zamonaviy va qulay sayilgohda hordiq chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Bu esa Angorning zamonaviy qiyofasini shakllantirish bilan birga, hududning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun