“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Date:

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning bevosita ishtiroki muhim omil hisoblanadi. “Open byudjet” loyihasi esa aholi tashabbuslarini amaliy natijaga aylantirish uchun keng imkoniyat yaratmoqda.

2026-yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi. 15-iyuldan 3-avgustga qadar fuqarolar o‘z hududini rivojlantirishga qaratilgan taklif va loyihalarini Openbudget.uz portali orqali taqdim etishlari mumkin.

Bu mavsumning o‘ziga xos jihati — loyihalarni hamkorlik asosida amalga oshirish imkoniyati ham yaratilganidir. Endilikda tashabbuslar tashkilotlar yoki homiylar bilan sheriklikda ham ilgari surilishi mumkin.

Loyihalarni qabul qilish yakunlangach, ular saralash va ovoz berish bosqichidan o‘tadi. G‘olib tashabbuslar esa 1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun