Vatanparvarlik ruhi mustahkamlandi

Date:

Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalanishi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali ana shunday ezgu g‘oyalarga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan festival Sariosiyo tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Festival doirasida yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, baxshilar, san’atkorlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi film namoyishi, ochiq muloqotlar, psixologik treninglar, sport musobaqalari, Faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va konsert dasturlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Festival davomida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar alohida ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun