Sopka kanali qayta tiklanadi

Date:

Suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘orish infratuzilmasini modernizatsiya qilish qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumanida Sopka kanalini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

2026-yilga mo‘ljallangan “Drayver” dasturining 3-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha natijasida suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 390 gektar tomorqa yerlari, ya’ni 420 ta xonadon barqaror sug‘orish suvi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 800 gektar fermer xo‘jaliklari yerlarining suv ta’minoti yaxshilanib, ekinlar hosildorligini oshirish va suvdan samarali foydalanish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Loyiha doirasida yana 70 gektar yangi yer qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritilishi rejalashtirilgan. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish, dehqonchilik imkoniyatlarini kengaytirish va hududning agrar salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sopka kanalining qayta tiklanishi nafaqat sug‘orish tizimini yaxshilaydi, balki suv yo‘qotilishining oldini olish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Mazkur loyiha Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma islohotlarining aholi manfaatiga qaratilgan yana bir amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun