Javobgarlik kuchaytirilmoqda

Date:

Jamiyat salomatligini asrash, yoshlarni giyohvandlik illatidan himoya qilish va noqonuniy moddalar muomalasiga qarshi kurashni kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, Sariosiyo va Uzun tumanlari probatsiya hisobidagi shaxslar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yangi qonun bilan amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar batafsil tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi nafaqat jamoat xavfsizligi, balki aholi salomatligi va millat genofondiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi javobgarlikni takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi qonunning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda giyohvandlikka qarshi kurashda fuqarolarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar. Bunday uchrashuvlar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va yoshlarni turli zararli illatlardan asrashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun