Sayohat — tafakkurni boyituvchi maktab

Date:

Yoshlarning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirishda sayohatlar muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tashabbusi bilan bir guruh faol yosh xodimlar uchun Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumaniga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat oldidan filial direktori M. Mansurov yoshlarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi hamda safarning mazmunli va taassurotlarga boy o‘tishini tiladi.

Yosh gazchilar sayohatini buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan Oqsaroy majmuasidan boshlab, tarixiy obidaning me’moriy yechimlari, bunyod etilish tarixi va madaniy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Hisorak suv omboriga tashrif buyurib, ulkan gidrotexnik inshoot faoliyati hamda betakror tabiat manzaralarini tomosha qildilar.

Sayohat davomida tarixiy-madaniy maskanlarni ziyorat qilish bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazildi. Bunday tashabbuslar yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun