Ekologik nazorat yangi bosqichda

Date:

“Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Xitoyning Auris-Green Tech kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv asosida hududda atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring qilish, zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini joriy etish, suv tozalash inshootlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda ekologik nazorat tizimini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Mazkur hamkorlik viloyatda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun