CLAAS DOMINATOR 260 ish boshlaydi

Date:

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini samarali tashkil etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam tashlandi. Jumladan, tumandagi “Oltinsoylik Mirishkor” fermer xo‘jaligi tomonidan lizing asosida zamonaviy CLAAS DOMINATOR 260 rusumli don o‘rish kombayni olib kelindi.

Mazkur texnika yuqori unumdorligi, ishonchliligi va turli agrotexnik sharoitlarda samarali ishlashi bilan ajralib turadi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan kombayn g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini qisqa muddatlarda, sifatli va talafotlarsiz amalga oshirish imkonini beradi.

Yangi kombaynning fermer xo‘jaligiga olib kelinishi hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish, mehnat unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlarining samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalardan keng foydalanish sohani rivojlantirish, fermerlar daromadini ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun