Chiroqlar quyoshdan kuch olar

Date:

Muzrabot tumanining “Shaffof” mahallasida aholi xavfsizligi va qulayligini oshirishga qaratilgan obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Xususan, markaziy ko‘chalarga energiya tejamkor quyosh panelli yoritish chiroqlari o‘rnatilib, tungi vaqtda harakatlanish uchun yanada qulay sharoit yaratilmoqda.

Mazkur loyiha nafaqat elektr energiyasini tejash, balki yo‘l harakati va jamoat xavfsizligini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, hududda ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlari ham izchil olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari Shaffof mahallasining zamonaviy qiyofasini shakllantirib, aholi turmush sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun