“Temurbek” kitobi vatanparvarlik maktabi

Date:

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boshqarmasida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosi” loyihasi doirasida “Temurbek” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda harbiy xizmatchilar, ofitser va serjantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Amir Temurning jasorati, yuksak strategik tafakkuri hamda Vatanga sadoqatga asoslangan hayot yo‘li haqida so‘z yuritildi.

So‘zga chiqqanlar “Temurbek” kitobi yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tadbir ishtirokchilarda buyuk ajdodlar merosiga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun