Ekologik bilimlar sinovdan o‘tdi

Date:

Bugungi kunda ekologik ongni oshirish, yoshlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Eko zakovat” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa 6–10-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika va xalqaro bosqichda ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun