Yangi bog‘cha — zamonaviy muhit

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz hamda qulay sharoitlar yaratish kelajak avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumanida 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

90 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu muassasa zamonaviy jihozlangan guruh xonalari, qulay o‘yin maydonchalari hamda bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olgan ta’lim muhiti bilan ajralib turadi.

Yangi bog‘cha tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilib, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun