“Biz donormiz”

Date:

Inson hayotini saqlab qolishda donorlikning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, murakkab operatsiyalarni boshdan kechirgan yoki og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bemorlar uchun qon topshirish katta yordam va insonparvarlik namunasi hisoblanadi.

Shu maqsadda “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat qon quyish stansiyasida “Biz donormiz” shiori ostida qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Aksiyada Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tibbiyot xodimlari faol ishtirok etib, bemorlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ushbu tashabbus jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun