Pedagoglar yangi mezonlar asosida baholanadi

Date:

Ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida pedagogika yo‘nalishlari talabalari uchun tashqi diagnostika tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi yangi nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari har yili bahorgi semestrda test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. Testlar yagona metodologiya asosida, talabaning tahsil tilida tashkil etilib, 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.

Mazkur tizim pedagog kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonining samaradorligini tahlil qilishga xizmat qiladi. Ta’kidlanishicha, natijalar talabalar reytingiga ta’sir qilmaydi, biroq past ko‘rsatkich qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga jalb etilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun