Iqlim o‘zgarishi: yoshlar jim emas

Date:

Bugungi kunda yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga mehr, atrof-muhitga
mas’uliyat va global muammolarga befarq bo‘lmaslik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, tabiat qo‘ynida tashkil etiladigan ochiq muloqotlar, pikniklar va ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar nafaqat dam olish, balki bilim olish va ekologik tafakkurni rivojlantirish uchun ham muhim maydonga aylanadi.
Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “Piknik va ochiq debat” tadbiri tashkil etildi. Mazkur uchrashuvning mavzusi “Iqlim o‘zgarishining yoshlar hayotiga ta’siri” haqida bo‘lib, unda ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishining bugungi va ertangi oqibatlari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni va mas’uliyati haqida ochiq muloqotlar olib borildi.
Tabiat bag‘rida o‘tkaziladigan bunday tadbirlar talabalarga auditoriyadan tashqarida, erkin va samimiy muhitda fikr almashish imkonini beradi. Ochiq osmon ostida, yashil maydon bag‘rida tashkil etilgan suhbatlar yoshlarda tabiat bilan ruhiy yaqinlik hissini kuchaytiradi, ekologik muammolarni chuqurroq his qilishga yordam beradi va amaliy tashabbuslar uchun ilhom manbayi bo‘ldi.
Bunday uchrashuv-larning yana bir afzalligi bilim, dam olish va ijtimoiy faollikning bir nuqtada uyg‘unlashuviga olib keladi. Talabalar bir tomondan iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, chang bo‘ronlari, yashil iqtisodiyot va ekologik mas’uliyat kabi mavzularda bilim olsalar, ikkinchi tomondan sog‘lom hordiq chiqarib, jamoaviy muloqot va munozara madaniyatini rivojlantirishga erishadilar. Ayniqsa, bugungi global iqlim o‘zgarishlari sharoitida yoshlarning ekologik ongini shakllantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Yoshlar tabiatni asrash, suvni tejash, daraxt ekish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yetakchisiga aylanishlari mumkin.

Abror Kurbonmuratov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun