Nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda

Date:

Uzun tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur qarorga asosan, tuman 1-son texnikumi o‘qituvchilari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarga “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” hamda “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda kelgusida bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun