Eldor Shomurodov — eng yaxshi to‘purar

Date:

O‘zbekiston futboli tarixida yana bir yorqin sahifa yozildi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi mavsumini eng yaxshi to‘purar sifatida yakunlab, mamlakat futbolining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi.

Shomurodov ushbu mavsum davomida 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eng e’tiborlisi, uning gollarining barchasi o‘yin jarayonida kiritilgani futbolchining haqiqiy hujumchi sifatidagi mahoratini namoyish etdi. Shu tariqa u Superliga to‘purarlari poygasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Trabzonspor” safida harakat qilayotgan Paul Onuachu ham mavsumni 22 ta gol bilan yakunladi. Biroq nigeriyalik futbolchi gollarining 6 tasini penaltidan urgani sababli reytingda ikkinchi pog‘onani egalladi.

Uchinchi o‘rindan esa Anderson Talisca joy oldi. “Fenerbaxche” yarim himoyachisi mavsum davomida 19 ta gol urib, 4 ta assist qayd etdi.

Shomurodovning ushbu natijasi nafaqat uning shaxsiy faoliyatidagi muhim yutuq, balki o‘zbek futboli uchun ham katta voqea hisoblanadi. Chunki Yevropaning kuchli chempionatlaridan birida to‘purar bo‘lish — o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro darajadagi salohiyati tobora ortib borayotganining yaqqol isbotidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun