Yangi ijtimoiy xizmatlar tizimi joriy etiladi

Date:

Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Prezident Farmoni bilan yangi, oilaviy muhitga yaqin xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tashabbus jamiyatning eng ehtiyojmand qatlamiga insonparvarlik tamoyillari asosida yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan.

Farmonga muvofiq, 2026-yildan boshlab “Yangi kun” kunduzgi parvarish xizmati, uy sharoitida qarab turish tizimi, kichik hajmli “Madad” uylari hamda qisqa muddatli “Ijtimoiy ta’til” xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etilib, ruhiy holati og‘ir va o‘rta darajadagi I–II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xususan, “Madad” uylarida tashkil etiladigan xizmatlar yiliga bir marotaba, qonuniy vakillar bilan tuziladigan shartnoma asosida, ko‘pi bilan ikki haftagacha taqdim etiladi. Bu esa bemorlarning xavfsiz va qulay muhitda qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

Shuningdek, 2026-yil 1-iyundan boshlab tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga “Inson” markazlari xodimlari kiritiladi. Bundan tashqari, vasiy va homiylarning o‘z majburiyatlarini bajarishi ham “Inson” markazlari tomonidan doimiy monitoring qilinadi.

Mazkur islohotlar ruhiy salomatligi buzilgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni jamiyatga moslashtirish hamda oilaviy muhitga yaqin sharoitda yashash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun