Uzunda zamonaviy agroklaster

Date:

Uzun tumanida “Uzunagrostar” MChJ tomonidan zamonaviy agroklaster yo‘nalishidagi yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish bilan birga uni chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

“Mehnat” mahallasi hududida 46,6 gektar yer maydonida xurmo va anjir plantatsiyasi hamda ko‘chatchilik xo‘jaligi tashkil etilgan. Hududda zarur infratuzilma to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, transformator o‘rnatilgan, 2 ta suv hovuzi qurilgan, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan hamda 100 metr chuqurlikdagi artezian quduq qazilgan.

Ayni paytda 42 gektar maydonda Turkiyadan olib kelingan va mahalliy navdagi 42 ming dona xurmo ko‘chatlari ekish ishlari yakunlangan. Bu esa hududda eksportbop mahsulot yetishtirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur loyiha zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligida yuqori rentabellikga erishishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun