Pillachilik — bandlik va daromad manbayi

Date:

Muzrabot tumanida markazlashgan pillachilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. “Shaffof” mahallasida joylashgan sobiq bino negizida tashkil etilgan loyihada hozirda 100 dan ortiq quti ipak qurti parvarish qilinmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida 25 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlanib, ular uchun zarur sharoitlar yaratilgan hamda issiq ovqat yo‘lga qo‘yilgan. Parvarish jarayoni uzluksiz tut bargi bilan ta’minlanib, qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

Ushbu loyiha nafaqat aholi bandligini oshirish, balki hududda pillachilikni zamonaviy asosda rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun