“Noshirdan kitobxongacha”

Date:

Sherobod tumanida umumta’lim maktablari uchun “Noshirdan kitobxongacha” shiori ostida kitob savdo aksiyasi tashkil etildi. Unda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng taqdim etildi.

Kitoblarning bevosita nashriyotlardan olib kelinishi ularni arzon va qulay narxlarda xarid qilish imkonini yaratdi. Aksiya davomida mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan suhbatlar, tavsiyalar va ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, bilimga intilish va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ҲАМДАРДЛИК БИЛДИРАМИЗ!

«QUANTUM INSURANCE» акциядорлик жамияти (аввалги номи «ИНГО-УЗБЕКИСТАН») жамоаси, суғурта...

VATANPARVARLIK — EZGU MAQSAD, AMALIY FAOLIYAT

Vatan himoyasi, yurt tinçligi va yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhida...

Huquq va mas’uliyat muvozanati

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat...

TARAQQIYOTNING YANGI MEZONI

Bugungi kunda iqtisodiy ösişni tabiiy resurslarni asraş va atrof-muhitga...
KunTun
KunTun