Mansabdor ushlandi

Date:

Korrupsiyaga qarshi kurash izchil davom etayotganiga qaramay, ayrim mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan manfaat orttirishga urinish holatlari hanuz uchrab turibdi. Bu esa tizimli islohotlar bilan birga doimiy nazorat va murosasiz kurash zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroni aldash yo‘li bilan pul undirishga uringan. U bo‘lim binosi yaqin kunlarda boshqa joyga ko‘chirilishini ro‘kach qilib, bo‘shaydigan bino va yer maydonini tanishlari orqali auksionda olib berishni va’da qilgan hamda buning evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar organlari hamda tegishli tuzilmalar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs 2 ming AQSh dollari va 12 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun