Jazosi og‘ir bo‘ladi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bezorilik jinoyati uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinib, birinchi o‘qishda qabul qilindi. Loyihaga ko‘ra, ayniqsa, uyushgan guruhlar tomonidan yoki og‘ir tan jarohati yetkazgan holda sodir etilgan bezorilik uchun jazo keskin kuchaytirilmoqda. Yangi normaga binoan, bunday jinoyatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi taklif etilmoqda. Amaldagi tartibda esa bu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha jazo ko‘zda tutilgan.

Muhokamalar davomida jamoat joylarida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ayniqsa uyushgan guruhlar ishtirokidagi bezorilik holatlarida jazolarning yetarlicha qat’iy emasligi qayd etildi. Bu esa ayrim hollarda jazosizlik kayfiyatini yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi.

Qonun loyihasi, shuningdek, jinoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlagan yoki moliyalashtirgan shaxslarga nisbatan ham javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Bunday shaxslarga muddatidan ilgari ozod qilish tartibini qo‘llamaslik taklif etilmoqda. Shu bilan birga, agar ular o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga ko‘maklashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Hujjatda yana bir muhim yangilik — noqonuniy tarzda jangovar sport musobaqalarini tashkil etganlik uchun ham jinoiy javobgarlik joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘zgarishlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun