So‘zdan ma’noga: yoshlar lug‘at sirlarini o‘rganmoqda

Date:

Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning ilmiy va amaliy ahamiyati, ona tilimizning boy va serqirra imkoniyatlari haqida batafsil fikr yuritildi. Mutaxassislar va ishtirokchilar so‘zlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda nutq madaniyatini yuksaltirishda izohli lug‘atning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladilar.

Shuningdek, uchrashuvda ona tiliga hurmat, so‘z boyligini oshirish va adabiy til me’yorlariga amal qilish bugungi globallashuv davrida yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotgani alohida qayd etildi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va tilga e’tiborni kuchaytirish bunday tadbirlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Mazkur ma’naviy uchrashuv nafaqat til boyligini targ‘ib qilish, balki yosh avlodni ilm-ma’rifatga oshno etish, ularning nutqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi. Bu kabi tashabbuslar ona tilimizning nufuzini yuksaltirish va uni kelajak avlodga boy meros sifatida yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun