Hamkorlik va harbiy mahorat sinovi boshlandi

Date:

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrugiga qarashli “G‘urumсарoy” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Hindiston harbiy xizmatchilari ishtirokida “Do‘stlik–2026” qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

Ochilish marosimida ushbu mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, harbiy xizmatchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Mashg‘ulotlar davomida jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, zamonaviy harbiy usullarni o‘zlashtirish hamda o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik” formati doirasidagi ushbu qo‘shma mashg‘ulotlar yettinchi bor tashkil etilmoqda. 2019-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbirlar ikki davlat Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda.

“Do‘stlik–2026” mashg‘ulotlari 24-aprelga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun