Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida ijtimoiy himoya tizimi tobora takomillashib, aholining ehtiyojmand qatlamlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar hududlarda ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanining “Ulug‘bek” mahallasida “Tangriqulova Muxabbat” YATT tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish markazi tashkil etildi. Markazda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar bola bilan individual yondashuv asosida ishlanib, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash, jamiyatga moslashuvi hamda o‘ziga ishonchini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, “Jiydali” mahallasidagi “Saxovat” oilaviy bolalar uyi ham bolalar uchun mehr va g‘amxo‘rlik maskaniga aylangan. Bu yerda tarbiyalanayotgan bolalar sifatli ta’lim olib, har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.

Mazkur tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, e’tibor va ijtimoiy adolat muhitini mustahkamlab, har bir bolaning baxtli va munosib hayot kechirishi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun