100 gektarda yashil maydon

Date:

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu boradagi muhim qadam sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Prezidentning 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoni asosida Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Xususan, Sherobod tumanida 38 gektar maydonda dendrologiya bog‘i va 61,6 gektar maydonda botanika bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa hududda qariyb 100 gektar yangi yashil maydon yaratiladi.

Mazkur bog‘lar nafaqat ekologik muvozanatni yaxshilaydi, balki ilmiy tadqiqotlar, ta’lim jarayonlari va turizm rivojiga ham xizmat qiladi. Ular muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomiga ega bo‘lib, davlat himoyasida bo‘ladi.

Farmonga muvofiq, 2030-yilgacha mamlakatda yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, aholi jon boshiga yashil hududlarni 9–10 kvadrat metrga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada havodagi zararli zarrachalar kamayib, iqlimi og‘ir hududlarda harorat pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2027-yildan boshlab “yashillik elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning ekologik tashabbuslari rag‘batlantiriladi. Daraxt ekishda faol bo‘lganlar “Ekofaol fuqaro”, “Ekohamkor” va “Metsenat” kabi e’tiroflarga sazovor bo‘ladi.

“Yashil makon” loyihasi nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir. Sherobodda barpo etiladigan yangi yashil hududlar esa tabiat va inson uyg‘unligining yorqin timsoliga aylanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Mukofoti 3 ming dollar bo‘ldi

Toshkent shahridagi Central Asian University (CAU)da “Kelajak tibbiyoti –...

Yangi istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Qiziriq tumanining Yangi hayot mahallasida aholi, xususan, yoshlar va...

Xorijga ishga yuborish xususiy agentliklar zimmasiga o‘tadi

O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasi kelasi yildan to‘liq...
KunTun
KunTun