Qadimiy shahar izlari topildi

Date:

O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Bandixon tumanidagi Bandixon II yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida miloddan avvalgi X–VIII asrlarga oid qadimiy shahar qoldiqlarini aniqladi. Taxminan uch ming yillik tarixga ega ushbu topilma ilk temir davrida aholi manzillari qanday shakllanganini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Olimlar fikricha, aniqlangan me’moriy qoldiqlar va artefaktlar orqali qadimgi jamiyatning turmush tarzi, ijtimoiy tuzilmasi hamda texnologik darajasi haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin. Shuningdek, bu hudud Markaziy Osiyoning qadimgi savdo yo‘llari va madaniy aloqalarida muhim o‘rin tutgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Mazkur kashfiyot nafaqat tarixiy merosni chuqurroq o‘rganish, balki mintaqaning sivilizatsion taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlashda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun