Darband bazasi – ilm, amaliyot va innovatsiya markaziga aylanmoqda

Date:

Termiz davlat universitetiga qarashli Darband o‘quv-amaliyot bazasida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Hududning boy tabiiy resurslari va infratuzilmasidan samarali foydalanish asosida 10 dan ortiq yo‘nalishda “spin-off” biznes loyihalarini rivojlantirish uchun zamonaviy maskan barpo etilmoqda.

Mazkur baza nafaqat TerDU, balki vohadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini beruvchi muhim ilmiy-amaliy maydonga aylanmoqda. Shuningdek, uning tabiiy va qulay sharoiti sportchi-talabalar uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etishda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida Darband bazasi zamonaviy ilm-fan, innovatsiya va amaliy tajriba markazi sifatida yoshlar salohiyatini rivojlantirishda muhim o‘rin egallashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun