Termizda Respublika olimpiadasi boshlandi

Date:

Termiz temiryo‘l vokzalida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Turli hududlardan kelgan iqtidorli o‘quvchilar milliy an’analar asosida iliq qarshi olindi.

Ishtirokchilar uchun “Amudaryo” oromgohida madaniy dastur tashkil etilib, sumalak sayli, kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari orqali ularga maroqli hordiq taqdim etildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 16-maktabda olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev qatnashib, o‘quvchilarga omad tiladi.

Olimpiada 23–26-mart kunlari davom etib, yakunda g‘oliblar taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun