Zamonaviy va qulay…

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hududida keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bo‘yicha ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Universitet rektori Rasul To‘rayev mas’ul rahbarlar bilan birga hududni aylanib chiqib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgiladi.

Hududni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, gul, rayhon va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Universitet kirish qismi gulzorga aylantirilib, talabalar va mehmonlar uchun zamonaviy landshaft yechimlari joriy etilishi ta’kidlandi. Shuningdek, “Yashil makon” umum milliy loyihasi doirasida yangi ko‘chatlar ekish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish, issiqxonalar sonini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish vazifalari belgilandi.

Rektor ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarni obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligiga oid amaliy ishlarga jalb qilish muhimligini qayd etdi. Qo‘ziqorin yetishtirish, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, tovuq, mol va quyonchilikni o‘z ichiga olgan “jonli burchak” tashkil etish orqali talabalar tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradilar.

Ushbu tashabbuslar nafaqat amaliy tajriba maydoni sifatida xizmat qiladi, balki talabalar uchun qo‘shimcha daromad topish va kontrakt to‘lovlarini qoplash imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, hududdagi ortiqcha buyumlar va foydalanilmayotgan inshootlarni qayta ko‘rib chiqish, bo‘sh binolardan maqsadli foydalanish, sport maydonlari holatini yaxshilash ishlarini yakunlash va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va turli huquqbuzarliklarning oldini olish uchun profilaktika ishlari kuchaytirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun