“Janub qalqonlari”: vatanparvarlik kuchaymoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim muassasalaridagi “Qalqon” jamoalaridan 5 ta jamoa ishtirok etdi.

Ishtirokchilar kamondan otish, tosh ko‘tarish, harbiy estafeta, qurolni yig‘ish va ajratish hamda arqon tortish kabi shartlarda bellashib, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universiteti jamoasi 1-o‘rinni, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 2-o‘rinni, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti esa 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini oshirish va harbiy tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oldingi sahifaUstozga munosib e’tirof
Keyingi sahifaTartib oʻzgardi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun