Polvonlar kuch sinadi

Date:

Surxondaryo viloyatida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan yirik kurash musobaqasi haqiqiy sport bayramiga aylandi. Maydonga tushgan polvonlar epchillik, matonat va kuch borasida murosasiz bahslarda bellashib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Musobaqa davomida har bir olishuv keskin va shiddatli kechdi. Polvonlar bir-birini sinchkovlik bilan kuzatib, qulay fursat poyladi, chapdast usullar va kuchli zarbalar orqali ustunlikka erishishga intildi. Ayniqsa, hal qiluvchi daqiqalarda namoyon etilgan jasorat va mahorat tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Yakunda vazn toifalari bo‘yicha quyidagi polvonlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

Qizlar o‘rtasida 63 kg: 🥇 Shoxista Nazirova (Termiz shahri)

Erkaklar o‘rtasida 60 kg: 🥇 Bunyod Jabborov (Boysun tumani)

Erkaklar o‘rtasida 73 kg: 🥇 Jamshid Yo‘ldoshev (Angor tumani)

Erkaklar o‘rtasida 90 kg: 🥇 Abdulaziz Jo‘rayev (Jarqo‘rg‘on tumani).

Musobaqaning eng nufuzli yo‘nalishi — mutlaq vazn toifasida esa 🥇 Muhammadkarim Xurramov (Sherobod tumani) barcha raqiblarini ortda qoldirib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi. Unga Prezident sovg‘asi — avtomobil tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur musobaqa milliy sportimiz bo‘lgan kurashni keng targ‘ib etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z ayyomi ruhiga mos tarzda o‘tgan bu bellashuvlar yurtimizda sportga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun