Shaffoflik ta’minlanadi

Date:

Sherobod tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida “Ayollar daftari” tizimining 7-bosqichini boshlashga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, “Ayollar daftari” orqali individual yondashuv asosida amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Elektron platformaga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish, monitoring va nazoratni kuchaytirish, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ma’lum qilinishicha, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishga joylashishga ehtiyoji bor, tadbirkorlik boshlamoqchi bo‘lgan, uy-joy sharoitini yaxshilash, tibbiy, psixologik yoki huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar kiritiladi.

Ta’kidlanganidek, har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, aniq yechimlar ishlab chiqilishi tizim samaradorligini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun